Raqobat qo‘mitasi tomonidan ekish mavsumi boshlanishi arafasida yoqilg‘i mahsulotlari narxlari monitoring qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ekish mavsumi boshlanishi arafasida neft mahsulotlari (dizel yoqilg‘isi va benzin) bozoridagi holatni doimiy ravishda monitoring qilib bormoqda.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi yetarli hajmdagi benzin va dizel yoqilg‘isi birja savdolari orqali realizatsiya qilinmoqda.
Raqobat qo‘mitasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda manfaatdor idoralarga ekin ekishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlarini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tezkor choralar ko‘rishni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklariga neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar (muammo) yuzaga kelganida Qo‘mitaning hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari birja savdolari davomida shakllanadigan neft mahsulotlari narxlarini doimiy ravishda monitoring qiladi.








