Raqobat qo‘mitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llanish holatlari aniqlandi
Xabaringiz borki, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarlik Soliq organi tizimida aniqlanib, Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘tgan 2025-yil davomida Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlarga ketma-ketlikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, 765 ta dorixonada (119 ta ulgurji va 646 ta chakana) 267 456 ta holatda 7,95 mlrd. so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlari tiklash choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, litsenziya talablarini buzilishi bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etildi.
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasida 26 ta dorixonada 5 311 ta holatda 130,3 mln. so‘m miqdorda;
✅ Andijon viloyatida 26 ta dorixonada 3 200 ta holatda 95,5 mln. so‘m miqdorda;
✅ Buxoro viloyatida 53 ta dorixonada 38 355 ta holatda 929,4 mln. so‘m miqdorda;
✅ Jizzax viloyatida 23 ta dorixonada 1 042 ta holatda 56,4 mln. so‘m miqdorda;
✅ Qashqadaryo viloyatida 50 ta dorixonada 2 783 ta holatda 203,6 mln. so‘m miqdorda;
✅ Navoiy viloyatida 79 ta dorixonada 20 645 ta holatda 329 mln. so‘m miqdorda;
✅ Namangan viloyatida 56 ta dorixonada 36 310 ta holatda 575,2 mln. so‘m miqdorda;
✅ Samarqand viloyatida 57 ta dorixonada 5 167 ta holatda 1 mlrd. 231 mln. so‘m miqdorda;
✅ Surxondaryo viloyatida 53 ta dorixonada 9 445 ta holatda 1 mlrd. 570,2 mln. so‘m miqdorda;
✅ Cirdaryo viloyatida 33 ta dorixonada 2 782 ta holatda 208,6 mln. so‘m miqdorda;
✅ Toshkent viloyatida 63 ta dorixonada 21 983 ta holatda 735,1 mln. so‘m miqdorda;
✅ Farg‘ona viloyatida 35 ta dorixonada 22 760 ta holatda 310,1 mln. so‘m miqdorda;
✅ Xorazm viloyatida 25 ta dorixonada 3 867 ta holatda 199,3 mln. so‘m miqdorda;
✅ Toshkent shahrida 173 ta dorixonada 131 219 ta holatda 1 mlrd. 404,7 mln. so‘m miqdorda iste’molchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olinganligi aniqlangan.
Qo‘mita tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilib, qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan dorixonalarga nisbatan chora ko‘rish davom ettirilishini va ularning ro‘yxati ochiq tarzda e’lon qilib borilishini ma’lum qilamiz.








