Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2025-yil davomida suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha 22 mingga yaqin kelib tushgan murojaatdan 21 379 tasi ijobiy hal etilishi ta’minlandi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan suyultirilgan gaz (gaz ballonlarida) yetkazib berish xizmati yuzasidan respublikaning hududlari kesimida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Unda qo‘mitaga kelib tushgan jami 22 mingga yaqin murojaatlar o‘rganilib, iste’molchilarga suyultirilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilishi bo‘yicha tegishli o‘rganishlar amalga oshirildi.
Jumladan, respublikaning hududlari kesimida:
🟠Markaziy apparatda 220 murojaatning barchasi ijobiy hal etildi.
🟠Andijon viloyatida 3103 murojaatdan 3005 tasi ijobiy hal etildi, 98 tasi jarayonda.
🟠Buxoro viloyatiga kelib tushgan 343 murojaatdan 335 tasi ijobiy hal etildi, 8 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Farg‘ona viloyatida 2574 murojaatdan 2488 tasi ijobiy hal etildi, 86 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Jizzax viloyatida 1029 murojaatdan 1001 tasi ijobiy hal etildi, 28 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Navoiy viloyatida kelib tushgan 824 murojaatdan 816 tasi ijobiy hal etildi, 8 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Namangan viloyatida 2901 murojaatdan 2813 tasi ijobiy hal etildi, 88 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Qashqadaryo viloyatida 3178 murojaatdan 3085 tasi ijobiy hal etildi, 93 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Qoraqalpog‘iston Respublikasida 212 murojaatning barchasi ijobiy hal etildi.
🟠Samarqand viloyatiga kelib tushgan 3621 murojaatning 3617 tasi ijobiy hal etilgan, 4 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Sirdaryo viloyatida 485 murojaatdan 481 tasi ijobiy hal etildi,4 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Surxondaryo viloyatida 1938 murojaatdan 1904 tasi ijobiy hal etilgan, 34 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Toshkent viloyatida 290 murojaatdan 287 tasi ijobiy hal etildi, 3 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟠Xorazm viloyatida 1123 murojaatdan 1115 tasi ijobiy hal etildi, 8 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
Qo‘mita tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu o‘rganishlar natijasida, aholiga suyultirilgan gazning o‘z vaqtida yetkazilishi va ushbu sohada aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ishlari nazorati ta’minlanmoqda.








