2026-yil 29-yanvar kuni Toshkent shahrida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Davlat organlarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini oldini olish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Xalqaro konferensiyada Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari, shuningdek, davlat organlari vakillari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati va ilmiy-tadqiqot doiralari vakillari ishtirok etmoqda.








