“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi izchil siyosatning navbatdagi amaliy ifodasi bo‘ldi.
Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, oliy ta’lim muassasasi talabalari,OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Qo‘mita mutaxassislari tomonidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilikdagi yangiliklar, yangi raqamli nazorat tizimlari va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ochiq eshiklar kuni davomida ishtirokchilarga tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, tovar-xom ashyo birjalari va iste’mol bozorlarida narxlarni nazorat qilish, insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish va iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.Shuningdek, ishtirokchilar Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislardan javoblar olishdi.
Ta’kidlash joizki, Raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni, istiqbolli rejalarni keng jamoatchilik vakillari bilan konstruktiv ochiq muhokama qilish borasidagi bunday tadbirlarni hududlar kesimida ham tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.








