#Biz_sizni_eshitamiz
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Biz sizni eshitamiz” muhokama platformasi doirasida joriy yil 27-noyabr kuni avtomobil benzini sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda Qo‘mita, Markaziy bank, Energetika vazirligi va “O‘zRTXB” AJ rahbariyati shuningdek, sohani tartibga soluvchi 15 dan ortiq vakolatli organlar mas’ullari ishtirok etib, 100 ga yaqin soha vakillarining avtomobil benzinini ishlab chiqarish, import masalalari faoliyatda kuzatilayotgan muammolari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Jumladan, tadbirkorlik subyektlarining yoqilg‘i saqlash infratuzilmasidan, xususan rezervuarning amalda bo‘sh turgan (foydalanilmayotgan) sig‘imlar foydalanish, import qilingan benzinni sertifikatlashtirish va standartalshtirish normalari qayta ko‘rib chiqish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Shu bilan birga:
🟠tadbirkorlik subyektlari tomonidan benzin importi geografiyasi kengaytirish;
🟠qo‘shni davlatlardan logistiga xarajatlarini qisqartirish maqsadida qo‘shni davlatlarda neft mahsulotlarini saqlash;
🟠uzatish infratuzilmalarini qurish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ushbu uchrashuvda muhokama qilingan masalalar va Qo‘mita tomonidan ishlab chiqiladigan takliflar Hukumatga belgilangan tartibda kiritiladi.








