#Moliyaviy_savodxonlik
Raqobat qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida hududlarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
🔘Toshkent shahar va Toshkent viloyati Raqobat qo‘mitasi raisi maslahatchisi O. Usmonov ishtirokida “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida oliy ta’lim muassasalarida seminar-treninglar o‘tkazildi
Xususan, Toshkent shahrida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Farmatsevtika instituti, O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Toshkent davlat to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Toshkent viloyatida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari hamda universitet huzuridagi akademik litsey va Ohangaron shahar texnikumi, Ohangaron tumanidagi 2-sonli texnikum o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan seminarlar davomida banklar va ularda ko‘rsatilayotgan xizmatlarda iste’molchi huquqlari, sug‘urta, kredit, omonat, shaxsiy moliyani rejalashtirish, shakllantirish va boshqarish, plastik karta turlari hamda kiberxavfsizlik kabi dolzarb masalalar haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.
Ushbu tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan asosiy huquq va kafolatlar haqida ham tushunchalar berib o‘tildi.
🔘Andijon viloyati Andijon viloyati Chet tillari institutida bo‘lib o‘tgan seminarda Qo‘mita bosh mutaxassisi N.Jumaniyozov iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr yuritib, ishtirokchilarga shaxsiy moliyani boshqarish va firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan 65-moddadagi iqtisodiy tamoyillar va iste’molchilar huquqlari ustuvorligi haqida ma’lumot berildi.
🔘Buxoro viloyati Buxoro davlat universitetida Qo‘mita vakili M.Mahmudova va boshqarma vakillari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qo‘mita tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan moliyaviy yo‘nalishda fuqarolardan tushayotgan murojaatlar va ularning yechimi haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65, 67-moddalari xususida tushunchalar ham berildi.








