#Iste’molchi_murojaati
Yuqorida ma’lum qilinganidek, (https://t.me/RaqobatGovUz/11409) 2025-yil 1-dekabrdan “Iste’molchi murojaati”ning yangi elektron axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchi murojaati” elektron platformasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
Ushbu elektron tizimning ishga tushirilishi iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlarini yana-da shaffof, tezkor va qulay tarzda tashkil etishga xizmat qiladi.
Endilikda fuqarolar o‘zlarining murojaat, taklif va shikoyatlarini quyidagi imkoniyatlar orqali elektron tarzda yuborishlari mumkin:
🟠“Fair tech” (https://cabinet.fairtech.uz/ariza/default) yagona axborot tizimi orqali;
🟠Android foydalanuvchilari uchun “Play market” (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.raqobat.fairtech_mobile)dagi maxsus mobil ilova;
🟠iOS foydalanuvchilari uchun “App store” (https://apps.apple.com/uz/app/fair-tech/id6505064805)dagi mobil ilova.
Yangi platforma orqali har bir murojaat elektron tarzda ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqilish jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.








