Xorazm hududlarida bandlik va tadbirkorlikni oshirish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
Raqobat qo‘mitasi hamkor idoralar bilan birga Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi chegaraga tutash hudud hisoblangan Chinobod, Besh uy va O‘yilma mahallalarida aholi bandligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida aholi bilan muloqot o‘tkazilib, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, savdo va servis obyektlari kabi loyihalarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tashabbuslar aholi daromadini oshirish, ishsizlikni kamaytirish va hudud iqtisodiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan.








