Raqobat qo‘mitasi va uning 14 ta hududiy organlarida mustaqillik bayrami shukuhi!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida munosib kutib olishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Mustaqillik – mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz birdamligi va Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mustahkam poydevoridir.
Raqobat qo‘mitasi jamoasi ham ushbu qutlug‘ ayyomni munosib qarshi olar ekan, yurtimiz ravnaqi, halol raqobat muhitini rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.








