Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 11 ta tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lmagan, lekin bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lgan 66 ta korxonalar aniqlandi va ular ustun muzokara kuchi deb e’tirof etildi. Shu jumladan, Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi avtoturargoh operatorlarining ustun muzokara kuchini e’tirof etish yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.
Ro‘yxat bilan tanishish. (https://raqobat.gov.uz/ustun-muzokara-kuchiga-ega-deb-etirof-etilgan-korhonalar-rojhati/)
Ma’lumot uchun: “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday holat ustun muzokara kuchi deb e’tirof etiladi.








