«Yashil makon» umummilliy dasturi doirasida keng miqyosda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda
Raqobat qo‘mitasi va uning tizim tashkiloti hamda hududiy organlari tomonidan «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» davlat dasturi qo‘llab-quvvatlanmoqda va ko‘kalamzor hududlarni ko‘paytirish borasida shahar va tumanlarda ko‘plab ishlar olib borilmoqda.
🌳 Jumladan,
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha e’lon qilingan “dolzarb bir oylik”da Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan qo‘mitaga ajratilgan yo‘l bo‘yida 500 tupga yaqin manzarali va buta ko‘chatlari ekildi.
Farg‘ona viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida kuzgi mavsumda 200 tup archa va 150 tup yapon saforasi jami 350 tup manzarali daraxtlar ekildi.
Jizzax viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan Sharof Rashidov tumani, “Nurafshon” MFY hududiga 550 dona manzarali daraxtlardan biri – terak ko‘chatlari ekildi.
Namangan viloyati
Hududiy boshqarma xodimlari Davlatobod tumanida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bog‘ida” 30 tupdan ortiq manzarali pavloniya daraxtlarini ekishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qo‘mita tomonidan “dolzarb bir oylik” doirasida Nukus shahrining A.Temur ko‘chasi hududida 30 tupga yaqin mevali daraxtlar ekildi.
Toshkent viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan Ohangaron tumani hududida 500 tup terak, 600 tup qayrag‘och ko‘chatlari ekildi.
Xorazm viloyati
Hududiy boshqarma “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etmoqda. Xususan, Urganch shahrida kuzgi mavsumda 150 tupga yaqin manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.
Bugungi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom ettirilmoqda.








