Butunjahon “Sifat haftaligi” doirasida Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari hamda hamkor tashkilotlar bilan joylarda sifat madaniyatini oshirish, mahsulotlar va xizmatlar sifati bo‘yicha aholining xabardorligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan,
Andijon viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan Andijon viloyati Chet tillari oliygohi va Yuridik texnikumlarida yoshlar ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida sifatli mahsulotlar va xizmatlarning ahamiyatini oshirish, shuningdek sifatga erishishdagi muammolarga e’tiborni qaratishdan iborat ekanligi tushuntirildi.
Namangan viloyati
Hududiy boshqarmasi tomonidan “Turan International University” va “Biznes of skanes Universitet” kabi NTMlarining professor o‘qituvchi va talaba-yoshlari ishtirokida “Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini ta’minlashga” bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati
Hududiy boshqarma yoshlarning huquqiy ongi va iste’molchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbir Qarshi shahridagi “INNOVA EDUCATION” (NTM) o‘quv markazida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlarga butun jahon sifat kunini nishonlanish tarixi, mamlakatda yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlarning ahamiyatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Sirdaryo viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan sifat haftaligi doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan seminarda iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish bilan bir qatorda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar va ko‘rgazmali taqdimotlar qilindi.
O‘tkazilgan barcha tadbirlar davomida hududiy boshqarmalar tomonidan ichki iste’mol bozorida sotilayotgan sifatsiz mahsulotlarning oldini olishga qaratilgan nazorat xaridi tadbirlari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuning bilan bir qatorda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar ham berildi.








