Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolarning raqamli platforma operatorlari faoliyati yuzasidan tushgan murojaatlari o‘rganib chiqilib o‘z yechim topmoqda.
Jumladan,
Samarqand viloyati Fuqaro I.Yu “HUMANS” mobil ilovasida 9,4 mln so‘m “Keshbek” yig‘ib, ushbu platforma orqali telefon buyurtma qilgan, ammo telefon yetib kelmaganligidan norozi bo‘lib hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, fuqaroga telefon uchun to‘lagan mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta’minlandi. Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.S. “Badavlat ayol” onlayn o‘quv kursida ishtirok etish uchun “UZUM NASIYA” tizimida muddatli shartnoma tuzish orqali o‘quv kursi xarid qilganligini, biroq fuqaroni o‘quv kursi guruhidan chiqarib yuborilganligi, shartnoma esa bekor qilinmayotganligini ma’lum qilib, hududiy boshqarmaga murojaat qoldirgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, fuqaro bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishi ta’minlandi. Toshkent shahar Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Q “IMAN INVEST” kompaniyasiga shartnoma asosida, omonat uchun qo‘ygan 29 mln so‘m miqdordagi pul mablag‘i qaytarib berilishi bo‘yicha hududiy boshqarmaga murojaat qoldirgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, omonat pul mablag‘i foyda bilan hisoblangan holda iste’molchiga qaytarib berilishi ta’minlandi. Toshkent viloyati Fuqaro “SHAFFOF-MOLIYA” va “NIYAT EDUCATION” MCHJlar bilan birgalikda kredit uchun shartnoma tuzilganligi, lekin pul olinmaganligini ta’kidlab, mazkur shartnomani bekor qilishi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, “SHAFFOF-MOLIYA” MCHJ tomonidan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, to‘lov qilingan mablag‘lar iste’molchiga qaytarib berilishi ta’minlandi.








