Xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori Olimjon Jumayev Xitoy Xalq Respublikasining Bozorni tartibga solish davlat boshqarmasi huzuridagi Raqobat siyosati va baholash markazi direktori Lyu Sinxay va «Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi» NNT raisi Otabek Nasirov bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumlarni imzoladilar.
Ushbu hujjat tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, raqamli iqtisodiyot sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat siyosatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan.
Ushbu hamkorlik Markaz va Assotsiatsiya o‘rtasidagi ishonch, ochiqlik va innovatsion taraqqiyot sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.