Xalqaro konferensiya davomidagi “Raqamli bozorlarda raqobat huquqi: ilg‘or tajribalar” panel sessiyasini Rais o‘rinbosari Farrux Karabayev moderator sifatida olib bordi.
Shuningdek, quyidagi ekspertlar spiker sifatida qatnashdi:
Irakli Lekvinadze — Gruziyaning Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi raisi.
Andrey Siganov — Rossiya Federatsiyasi Monopoliyaga qarshi kurashish xizmati (FAS Rossiya) rahbarining o‘rinbosari.
Eduardu Pontual Ribeyru — Braziliyaning Rio-de-Janeyro Federal universiteti iqtisodiyot professori, Braziliya Raqobatni himoya qilish kengashi (CADE)ning sobiq komissari.
Betyul Ayxan Demiralay — Turkiya Raqobat organining raqobat masalalari bo‘yicha eksperti.
Vikas Katuriya — Hindistondagi BML Munjal huquq maktabi professori.
Lyu Szifen — professor, Xitoy Siyosat va huquq universiteti fuqarolik, tijorat va iqtisodiy huquq maktabi direktor o‘rinbosari (Xitoy Xalq Respublikasi).
Mixail Voronin — Rossiya Korporativ maslahatchilar uyushmasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari.