Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilarga respublikamiz dorixonalarida taqdim etilayotgan dori vositalari tibbiy buyumlar sifatini amaldagi talablarga muvofiqligini yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordi.
Mazkur o‘rganishlarda 64 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilinib, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga sinovdan o‘tkazish uchun taqdim etildi.
Vakolatli organ xulosasiga ko‘ra,
50 foizida aylanma yo‘llar bilan kirib kelgan, ya’ni amaldagi talablarga nomuvofiq dori vositalari aniqlangan bo‘lib, shundan
19 ta (30 foizi) dori vositasi muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi,
13 ta (20 foizi) dori vositasi Davlat reyestriga ro‘yxatga olinmaganligi aniqlangan.
Davlat reyestriga ro‘yxatdan o‘tmagan dori vositalari savdosi aniqlandi:
Xususan, Polshada ishlab chiqarilgan “Biseptol 480” seriya raqami-80523 11.2025-dori vositasi Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa-da, Qashqadaryo viloyatida “Aziya Universal Biznes” MCHJ tomonidan sotilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, «PLUS – OMAD FARM» MCHJga tegishli dorixonada Hindistonda ishlab chiqarilgan “Festal N” tabletkasi va boshqa ro‘yxatga olinmagan dori vositalari quyidagi dorixonalarda noqonuniy ravishda sotilgan:
Jizzax viloyatida – “AKROMFARM” MCHJ
Namangan viloyatida– “OYDIN MEGA FARM” MCHJ
Navoiy viloyatida– “XUJAI-JAXON GRAND”, “SAIDAKMAL PHARM” MCHJ
Toshkent shahri – «LABZAK LIDER PHARM”, “NISHAN PHARM BUSINESS”, “SRI – PHARM” MCHJ
Xorazm viloyatida– “URGANCH AZIZBEK SHIFO”, “DON BIOPHARM” MCHJ
Sertifikatsiz dori vositalari savdosi qayd etildi:
Qashqadaryo, Namangan, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridagi qator dorixonalarda tibbiy mahsulotlar belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikati olmasdan savdoga chiqarilgani aniqlandi.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyatida— “ZAYTUN FAIR TRADE”, “PLUS – OMAD FARM” MCHJ
Namangan viloyatida— “PULS BIO PHARM” MCHJ
Navoiy viloyatida— “SAIDAKMAL PHARM” MCHJ
Toshkent shahri — «City Pharm» MCHJ (Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi 2-uy manzilidagisi) “LABZAK LIDER PHARM”, “NISHAN PHARM BUSINESS”, “SRI – PHARM” MCHJ
Yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar, belgilangan tartibda dorixonalar kesimida chora ko‘rish va sifati kafolatlanmagan dori vositalarini dorixonalardan yig‘ishtirib olish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsiziligi markaziga yuborildi.