O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA
2026-yil 22-sentyabr holatiga
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mustahkam tizim yaratish, tartib o‘rnatish, temir intizomni joyiga qo‘yish, rahbarlar va xodimlarning dunyoqarashini o‘zgartirish soha xodimlarining eng muhim hamda asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilangan.
“Ijro.gov.uz” tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qaror va farmoyishlari hamda hududlarga tashriflari davomida Qo‘mitaga berilgan topshiriqlari, shuningdek Prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari va Hukumatning qarorlari, farmoyishlari, bayon va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son, 2025-yil 25-iyuldagi
PF-117-son Farmonlari hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori talablari bo‘yicha tashkil qilingan yagona va uzluksiz “texnologik zanjir” asosida amalga oshirilib, ijro intizomiga rioya etish borasida qat’iy tartib, intizom va tizimli nazorat o‘rnatilib, muayyan natijadorlikka erishildi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan 284 ta qo’mita asosiy ijrochi etib belgilangan Prezident topshiriqlari 100 foiziga bajarildi va o‘rnatilgan tartibda nazoratdan yechildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining joriy yil yanvar – sentyabr oylarida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan 77 ta qo’mita asosiy ijrochi etib belgilangan topshirig‘i 100 foiziga bajarildi va belgilangan tartibda nazoratdan yechildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlar bo‘yicha, joriy yil yanvar – sentyabr oylarida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan 123 ta qo’mita asosiy ijrochi etib belgilangan topshiriqlari 100 foizga bajarildi va o‘rnatilgan tartibda nazoratdan yechildi.
Bundan tashqari, 2026-yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 54 ta topshirig‘i nazoratga olingan bo‘lib, shundan, 33 tasida Qo‘mita asosiy ijrochi va 22 tasida ham ijrochi etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2 ta topshirig‘i nazoratga olingan.
Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida 32 ta topshirig‘i nazoratga olingan bo‘lib, shundan, 15 tasida Qo‘mita asosiy ijrochi va 17 tasida ham ijrochi hisoblanadi.
Topshiriqlar ijrosini tashkil etish bilan bog‘liq barcha masalalar har haftaning dushanba kun qo‘mita markaziy apparati yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama va tahlil qilib borilmoqda.
Murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomi va natijadorlikni baholash bo‘limi

