Namanganda «Mintaqaviy o‘quv-trening markazi»ish boshladi!
2-iyul kuni Namangan viloyatida Farg‘ona vodiysidagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi mas’ullar uchun «Mintaqaviy o‘quv-trening markazi» o‘z eshiklarini ochdi!
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Germaniyaning “German Sparkassenstiftung” tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Markazning maqsadi – iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi mas’ul kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish, shu orqali iste’molchilar huquqlarini himoyasini kuchaytirish va sifatli xizmat ko‘rsatishda tizimli yondashuvni ta’minlash.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, German Sparkassenstiftung tashkiloti vakillari, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarma mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda tajriba almashuv, innovasion yondashuvlar muhokamasi va kelgusi istiqbollar muhokama qilindi.