Ijtimoiy tarmoqlar orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich narxi 567,3 million so‘m bo‘lgan “Ertaklar olamiga sayohat” bayram tadbirini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan.
Ushbu holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan dastlabki tahliliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.