O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6181-son va PF-124-sonli farmonlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tibbiy xizmatlar sohasida iste’molchilarning nomuayyan doiradagi huquqlarini himoya qilish, sohaviy qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning asosliligini baholashga qaratilgan qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy buyurtmalar shakllantirildi.
Mazkur ijtimoiy loyihalar orqali tibbiyot sohasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish, fuqarolarning huquqlari ta’minlanayotganlik darajasini tahlil qilish, shuningdek ushbu xizmatlarning qonunchilikka muvofiqligini xolisona baholashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ushbu tashabbuslar doirasida, xususan, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Toshkent shahar iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish markazi tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or ijtimoiy sheriklik loyihalari Qo‘mita tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarda shaffoflikni ta’minlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda sohaga oid huquqiy ongni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur loyihalarning asosiy maqsadi:
🔍 Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini mustahkamlash;
🔍Ijtimoiy loyihalarning samaradorligini oshirish va jamiyatdagi adolatni ta’minlash;
🔍Davlat tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga qo‘shimcha sharoitlar yaratish, huquqiy va tashkiliy imkoniyatlarni kengaytirish.
Loyihalarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy tamoyillari:
⏺Shaffoflik — barcha jarayonlar ochiq va o‘z vaqtida ma’lumot bilan ta’minlanadi;
⏺Raqobatbardoshlik — teng sharoitlarda o‘z imkoniyatlarini namoyon qila oladigan ishlab chiqaruvchilar va tashkilotlar uchun ravon faoliyat olib boriladi;
⏺ Adolatga asoslanish — barcha ishtirokchilar uchun teng va adolatli shart-sharoitlar ta’minlanadi.
Bu kabi loyihalar nima uchun muhim?
Fuqarolik jamiyati institutlari har qanday demokratik davlatda jamiyatni rivojlantirish, huquqlarni himoya qilish va adolatni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Davlat organlari bilan samarali hamkorlik olib borish, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklikni yana-da rivojlantirish, yangicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash.
Jamiyatdagi adolatni ta’minlash va shaffof raqobat muhitini yaratishda ushbu yangi loyihalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tashabbuslar va islohotlar fuqarolik jamiyatining davlat organlari bilan uzluksiz hamkorligini ta’minlash, yangi loyihalarni rivojlantirish va jamiyatda adolatli, shaffof iqtisodiy muhitni yaratishga xizmat qiladi.
Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari orasidagi hamkorlik barqarorligi va ijtimoiy loyihalarning muvaffaqiyati mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga, aholining turmush darajasini oshirishga va global raqobatbardoshlikni kuchaytirishga katta hissa qo‘shadi.