Shayxontohur va Qiziriq tuman hokimliklari hamda bir necha muassasa, korxona va tashkilotlarga nisbatan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinganligi masalalari yuzasidan doimiy monitoring tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan:
Toshkent shahri
Toshkent shahar hududiy boshqarmasi o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida,
🟢“O‘zbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” DUK;
🟢“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
🟢O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi;
🟢“Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DM;
🟢“Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM;
🟢“O‘zbekekspertiza” AJ;
🟢“Yadro fizika instituti” DM;
🟢“Toshkent metropoliteni” DUK;
🟢Shayxontohur tuman hokimiyati tomonidan davlat ishtirokidagi yuridik shaxs tashkil etilishida Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmaganligi aniqlandi.
Surxondaryo viloyati
Hududiy boshqarma olib borgan o‘rganishlar natijasida, Qiziriq tumani hokimiyati tomonidan “Qiziriq professional futbol klubi” MChJ tashkil etilishida Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida,
“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 24 moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 346-son qarori bilan tasdiqlangan (Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi) Nizomga asosan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) chog‘ida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinishi lozim.