Uchrashuvda har ikki tomon mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning uzoq tarixini qayd etib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.
Janob Bogdanov samimiy qabul va umumiy masalalarni muhokama qilishga berilgan imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Belarus Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va savdo vazirligi faoliyatining asosiy jihatlari haqida gapirib, barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun monopoliyaga qarshi huquqning ahamiyatini ta’kidladi.
Tomonlar Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish vazirligi va Raqobat qo‘mitasi o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashinuviga alohida e’tibor qaratgan holda birgalikdagi ishlarning istiqbollarini muhokama qildilar.