Janob Orozboyev delegatsiya iliq kutib olingani uchun minnatdorlik bildirdi va Qirg‘iziston Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish xizmatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. U o‘zaro tarixiy aloqalar va ikki xalqning ko‘p asrlik urf-odatlariga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuvda turkiy birdamlikning ahamiyati, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish uchun asosiy omil ekani qayd etildi. Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.