2024-yil 21-noyabr kuni Samarqand shahrida Raqobat qo‘mitasi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YEIKning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilning 1-oktyabr kuni Yerevan shahrida (Armaniston) bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Hukumatlararo kengashining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) Hay’ati raisi tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YEIKning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Mazkur chora-tadbirlar rejasining 13,14 va 15-bandlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va iste’molchilar jamoat birlashmalarining (YEIK taklifiga binoan) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maslahat yig‘ilishlarida, shuningdek, YEIKda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mavzusida tadbirlar o‘tkazish va o‘zaro tajriba almashish belgilangan.