“Xususiy maktab va bog‘cha quraman”, degan investorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yana-da keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga e’tibor berish lozim.
Moliyaviy texnologiyalar, raqamli “market-pleys”lar, “veb-servis”, “bond omborlari” kabi yangi tijorat maydonlari kundalik hayotimizga jadal kirib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, franchayzing, kapital bozori, “startap”lar sohasidagi munosabatlarning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratish juda muhim.
Kelgusi yilda ilk bor elektr energiyasi onlayn ulgurji bozori ishga tushadi. Shu bois, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan bu sohada bozor mexanizmlarini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratishni tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4992).