Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning III-choragi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, 4 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan
Andijon viloyati Oltinko‘l tuman hokimligi;
Toshkent viloyati Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi;
O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga (2 ta holatda) nisbatan
“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan yuqoridagi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan belgilangan tartibda ko‘rsatmalar berildi.
Jumladan, ushbu davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qarorni bozorda raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatmaganligi sababli o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, kelgusida qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
Ma’lumot o‘rnida, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-son qarori bilan tasdiqlangan