Kunning ikkinchi yarmida CFTCning Xalqaro munosabatlar bo‘limi katta maxsus maslahatchisi Nensi Doyl o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi. U o‘z nutqida fyuchers bozori va derivativ (hosilaviy moliyaviy vositalar) shartnomalardan biri bo‘lgan fyuchers shartnomalari haqida so‘z yuritdi, shuningdek, CFTCning tartibga solish sxemasini batafsil yoritib berdi.
Ishtirokchilar shuningdek, birjalarda savdo jarayonlari va ularning ishtirokchilarini samarali nazorat qilish uchun imkoniyatlarni rivojlantirish masalasini muhokama qilib bozorlardagi derivativ vositalarning roli va tartibga solish mexanizmlarini ko‘rib chiqdilar.