Joriy yilning 25-oktabr kunida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlar markazi O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Filipp Yan bilan uchrashdilar.
Ushbu uchrashuvda Qo‘mita raisi X.Turaxujayev, rais o‘rinbosari F.Karabayev, Markaz direktori O.Jumayev, direktor o‘rinbosari G‘.Xoljigitov, hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘arma tomonidan jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi direktori F.Yan, jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyiha rahbari B.Alimov va mas’ul xodimlar qatnashdilar.
Muzokaralar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan. Bundan tashqari, F.Yan raqobat muhitini samarali shakllantirish uchun xalqaro hamkorlik va tajriba almashish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro bilimlar almashinuvi, xodimlarning institusional salohiyatini oshirish, birgalikda seminar va treninglar tashkil qilish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida memorandum imzolashga tayyorligini bildirdilar.