Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida “Tovar xom ashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur malaka oshirish kursida, tovar xom ashyo birja ishtirokchilariga (broker, treyder) raqamli iqtisodiyot, birja savdolaridagi yangi savdo instrumentlar, jumladan ikki tomonlama qarama-qarshi auksion, derivativlar, fyuchers bitimlari hamda kliring haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, davlat buyurtmachilari hamda yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotuvchi korxonalar vakillariga raqobatni cheklovchi harakatlar hamda narxlar manipulyatsiyasini oldini olish, birja savdolarining normativ huquqiy asoslari, birja a’zolari uchun ichki nazorat qoidalari haqida batafsil tushintirishlar berildi.
Malaka oshirish kursi so‘nggida birja ishtirokchilariga (broker, treyder) maxsus sertifikatlar topshirildi.