Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda nazorat xaridlarini amalga oshirmoqda.
Jumladan,
ANDIJON VILOYATI misolida
Qandolat shirinlik mahsulotlarining me’yoriy hujjat talablariga mosligini aniqlash maqsadida Andijon tumani “KUYGAN YOR” mas’uliyati cheklangan jamiyatining oziq-ovqat bozorida nazorat xaridi “SHARQ UNIVERSAL” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “OLTIN YONG‘OQ” (keks) va “O.K.HONEY BREAD” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “ZARBOD” (paxlava) qandolat mahsulotlari namunalari sotib olindi hamda “UzTest” DM qoshidagi sinov laboratoriyasiga yuborildi.
Mazkur mahsulotlar yorliqlanishida ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan UzTR.490-022:2017 umumiy texnik reglament talablariga rioya qilinmagani aniqlandi.
SAMARQAND VILOYATI misolida
“GULOBOD YOG‘OCH BOZORI” MChJ hududida “MADINABONU INTER METAL” MChJ tomonidan sotilayotgan “BAO XIN METALL” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan A-400 markali armatura mahsulotlaridan namunalar xarid qilindi.
Normativ hujjat talablari bo‘yicha tanlab olingan namunalar sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida laboratoriyaga topshirildi.
FARG‘ONA VILOYATI misolida
Quvasoy shahrida “PAKANA METAN SERVIS” MChJga qarashli savdo obyektida “Siqilgan gaz” (metan) mahsulotining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazildi va tanlab olingan na’munalar “UzTest” DM Farg‘ona filialiga yuborildi.
Ushbu nazorat xaridlari davomida kamchiliklar aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan aholining asosiy turdagi iste’mol tovarlarini sifati va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilayotgan nazorat xaridi tadbirlari respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.