Hurmatli foydalanuvchilar!
Fuqarolarning murojaatlari ular kelib tushgan va roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
OAVlarning Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatiga oid maʼlumotlarni olish toʻgʻrisidagi soʻrovlari, shuningdek Qoʻmita rahbariyati bilan intervyularni uyushtirish boʻyicha soʻrovlari yetti kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Murojaatda keltirilgan holatlar Qoʻmita vakolatlari doirasiga kirmagan hollarda, murojaat roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran uch kun mobaynida vakolatli davlat organiga yuboriladi va ushbu toʻgʻrisida murojaatchi xabardor qilinadi.
Rasmiy nashrlarda, OAVlarda chop etilgan yangiliklar, yoxud rasmiy veb-saytlarga joylashtirilgan axborotlarga taalluqli boʻlgan murojaatlarda rasmiy nashrning nomi, tartib raqami va chiqqan sanasi koʻrsatilgan url-yuklash koʻrsatilishi shart.
Agar Qoʻmitada tushgan murojaat boʻyicha javob bera olishi mumkin boʻlgan vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi toʻgʻrisida maʼlumot yoʻq boʻlsa, u holda murojaat roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida ushbu toʻgʻrisida foydalanuvchiga javob xati yuboriladi.
Agar murojaat qondirilmasa, ushbu toʻgʻrisida murojaatchiga asoslangan javob xati yuboriladi.