Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita raqobatni cheklashi va raqobat qonunchiligi prinsiplarini buzishi mumkin bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish;
davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qilish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodologiyasiga muvofiq raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonunchilik hujjatlari va davlat organlarining qarorlarini bekor qilish va ularga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tegishli takliflar ishlab chiqish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat ko‘magi berishni nazorat qilish va uning samaradorligini baholash;
qonun hujjatlari bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan davlat ko‘magini raqobatga ta’sirini baholash va raqobatni cheklovchi davlat organlari harakatlarini o‘rganish;
o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan harakatlaridan (harakatsizligidan) belgilangan tartibda himoya qilishni ta’minlash;
Qo‘mita tomonidan yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hududiy boshqarmalar va tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda samarali bajarilishini ta’minlash;
respublikada tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan noqonuniy harakatlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotlarda qatnashish, rahbariyat topshirig‘i bilan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi monitoringi holati yuzasidan berilgan axborot asosida ijrosi nazoratga olingan hujjatlar bajarilishini va murojaatlarning ko‘rib chiqilishini o‘rnatilgan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mutasaddi xodimlar bilan birgalikda zaruriy amaliy chora-tadbirlarni belgilash va ularni amalga oshirish;
Boshqarmaga yuklatilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
bozor subyektlari faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi va boshqa tegishli moddalarini buzilishi bo‘yicha Qo‘mita Maxsus komissiyaga taqdim etish uchun materiallar tayyorlash;
Monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish hamda raqobatni rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
vazirlik va idoralarning qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda jarayonida ishtirok etish, ularning raqobat muhitiga salbiy ta’sirini oldini olish;
raqobat holati va Qo‘mita tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tahliliy hisobotlarni (hisobotlarni) tayyorlashda ishtirok etish;
raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash bo‘yicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
raqobat to‘g‘risidagi siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va raqobatni rivojlantirish;
boshqarmaning vazifalari va funksiyalariga kiradigan masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil etishda ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish;
boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.