DAVLAT TILI BO‘YICHA RAIS MASLAHATCHISINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
- Davlat tili bo‘yicha maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament deb ataladi) bilan hamkorlikda ish olib boradi.
- Davlat tili bo‘yicha maslahatchining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- Qo‘mita, shuningdek, uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “Yo‘l xaritalari”ning ijrosini tashkil etishga ko‘maklashish;
- Qo‘mita tomonidan loyihalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan chiqarilayotgan xatlarni imloviy jihatini va jumlalarining to‘g‘ri tuzilganligini tekshirib borish. Undan so‘ng ham uchragan xatolar o‘zining zimmasida qolishi;
- ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;
- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish;
- Qo‘mita, shuningdek, uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish
va rivojlantirishga, shu jumladan, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish; - geografik va boshqa toponimik obyektlar, madaniy meros obyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatini monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
- joylardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etish;
- Qo‘mitada davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.
- Davlat tili bo‘yicha maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
– Qo‘mita shuningdek, uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
– Qo‘mita raisi huzurida ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;
– Qo‘mita raisining ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan buyruq, qaror va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish;
– Qo‘mitada ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga oid ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida vaqtinchalik ekspert guruhlarini tuzish;
- davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha vujudga kelgan holatlar yuzasidan Departamentga ma’lumotnoma va takliflar kiritish;
- davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;
- Qo‘mitaning Axborot xizmati, Internet jahon axborot tarmog‘idagi
veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib borish, davlat tili qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganida, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; - davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarga oid xalqaro so‘z va atamalarning davlat tilidagi muqobili bo‘yicha Departamentga takliflar kiritish;
- ta’limning barcha bosqichlarida davlat tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatish jarayonini tashkil etish yuzasidan Departamentga, manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish;
- o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya va davlat dasturlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
- maslahatchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Davlat tili bo‘yicha maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishga majburdir.
DAVLAT TILI BO‘YICHA RAIS MASLAHATCHISINING JAVOBGARLIGI
- Davlat tili bo‘yicha maslahatchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarligi quyidagilardan iborat:
- Qo‘mita rahbarining topshiriqlarini va maslahatchiga yuklatilgan funksiyalar va vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga;
- Qo‘mita tomonidan loyihalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan chiqarilayotgan xatlarni imloviy jihatdan va undagi jumlalarning to‘g‘ri tuzilganligiga;
- Qo‘mita tomonidan loyihalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan chiqarilayotgan barcha hujjatlar rahbariyatga kirishdan avval yuristga, undan so‘ng uning nazoratiga o‘tishiga;
- Qo‘mita rahbariyati tomonidan hujjatlarda aniqlangan xato
va kamchiliklar uchun javobgarlik uning zimmasiga yuklatilishiga; - O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga muvofiq lavozim tavsifida nazarda tutilgan vazifalarni samarali bajarishga;
- maslahatchiga biriktirilgan moddiy boyliklardan xavfsiz va ehtiyotkorlik bilan foydalanishga;
- moddiy zarar yetkazilganda – amaldagi mehnat va fuqarolik qonunlarida belgilangan darajada;
- davlat tili maslahatchisi faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni buzish xollarida;
- Qo‘mita rahbarining topshiriqlarini va maslahatchiga yuklatilgan funksiyalar va vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarishga;
- xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga;
- mehnat va ijro intizomi talablariga, ichki va belgilangan qoidalarga rioya qilishga;
- tegishli ishlarni hozirgi lavozimga kirgan shaxsga (boshqa ishga o‘tishi sababli yoki lavozimidan ozod qilingan holda), agar u bo‘lmasa uni almashtirgan shaxsga yoki bevosita rahbariga o‘z vaqtida topshirishi zarurligiga;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanishiga
va lavozimdan ozod etilishiga.