Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasiga fuqaro, “Cobalt” rusumli avtomashinani 60 kunda yetkazib berish sharti va muddatli to‘lov asosida “Sami Enterpress OO” MChJga qarashli avtosalon bilan 2023-yil 1-may kuni shartnoma tuzilganligi, fuqaro shartnoma bo‘yicha boshlang‘ich 50 mln so‘m to‘lovni amalga oshirganligiga qaramay, hozirgacha avtomashina yetkazib berilmaganligidan norozi bo‘lib, murojaat yo‘llagan.
Murojaatni o‘rganish davomida fuqaro “Sami Enterpress OO” MChJ tomonidan avtomashina o‘z vaqtida yetkazib berilmagani uchun shartnoma bir tomonlama bekor qilinib, avtosalonga to‘lagan mablag‘ini qaytarilishini so‘rab jamiyat rahbariyatiga murojaat yo‘llagan bo‘lsada muammo ijobiy hal etilmadi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-21-moddalariga asosan murojaatchiga boshlang‘ich to‘lov 50 mln so‘m mablag‘ni to‘liq qaytarib berilishiga erishildi va iste’molchi huquqi tiklandi.