Raqobat asosiy iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, moddiy neʼmatlarni taqsimlash, isteʼmolchilarning manfaatlarini qanoatlantirishning oqilona vositasidir.
Ichki bozorda raqobat muhitini taʼminlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirish mamlakatning barqaror rivojlanishida, fuqarolarning turmush farovonligini oshirishda muhim omil boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
- mamlakatimizda erkin raqobat muhitini taʼminlash,
- tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish,
- tabiiy monopoliya subyektlari va ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ustun mavqeni suiste’mol qilish holatlarini oldini olish,
- “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash hamda ularga chek qoʻyish,
- qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik,
- xaridlarni nazorat qilish kabi funksiyalarni amalga oshirib kelmoqda,
- tadbirkorlik subektlari va iste‘molchilarning huquqlari himoya qilinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi