Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi ishtirokchilarini qutladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etdi. Tadbirda yetakchi xalqaro va mintaqaviy sport tashkilotlari rahbarlari va vakillari, jumladan, Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Qatar Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy, Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Vitold Banka, Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari…

Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 2 387 ta murojaatlar kelib tushgan

#Kun_raqami Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 2 387 ta murojaatlar kelib tushgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 386 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qayta hisob-kitob qilingan.

Reklama qonunchiligi talablari buzilganligi uchun “UB MUSTERIOIS ASIA” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Reklama qonunchiligi talablari buzilganligi uchun “UB MUSTERIOIS ASIA” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan mehmonxonalarning elektron onlayn bronlash tizimlarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ri, tushunarli va asosli ekanligi o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida ayrim mehmonxonalar tomonidan iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumotlar taqdim etish holatlari aniqlandi. Xususan, Navoiy shahrida faoliyat…