“Narxlar barqarorligini ta’minlash, bozorlarda raqobat muhitini shakllantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida” Memorandum imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rtasida “Narxlar barqarorligini ta’minlash, bozorlarda raqobat muhitini shakllantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida” Memorandum imzolandi. Bunda ushbu hujjat mamlakatda narxlar barqarorligini ta’minlash, inflyatsiyani pasaytirish hamda tovar va xizmatlar bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash…

Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 6860 ta murojaatlar kelib tushgan

#Kun_raqami Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 6860 ta murojaatlar kelib tushgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 10.8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan.

Birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgani uchun “Namangan to‘qimachi cluster” MCHJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi

Birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgani uchun “Namangan to‘qimachi cluster” MCHJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 4484-sonli qaroriga muvofiq, Raqobat qo‘mitasi yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga belgilangan tartibda qo‘yib borilishi ustidan doimiy…