O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-7-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi. «Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik» mavzusida o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.…