Respublika bo‘ylab iste’mol bozorida o‘tkazilgan nazorat xaridlari doimiy ravishda o‘tkazilib borilmoqda

Respublika bo‘ylab iste’mol bozorida o‘tkazilgan nazorat xaridlari doimiy ravishda o‘tkazilib borilmoqda Andijon viloyati misolida Hududiy boshqarma ish rejasiga asosan, vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatdagi bir qator dorixonalar va savdo do‘konlarida nazorat xaridlari amalga oshirildi. Nazorat xaridlari chog‘ida mahsulotlarning yaroqlilik muddati, qadoqlanishi va markirovkalari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, dorixonalardan: «Deksametazon», «Forxiga», «Pulmisorn», «Brilinta», «Simbikort» kabi dori vositalari;…

Tadbirkorga asossiz hisoblangan 68 mln so‘mga yaqin penya bekor qilindi

Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Raqobat qo‘mitasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatida mehmonxona faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan “Hududgazta’minot” AJ va uning “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali tomonidan hisoblangan penya summasi asossiz deb topilib, mazkur holat bo‘yicha Qo‘mitaga murojaat qilingan. Murojaat yuzasidan Qo‘mita tomonidan o‘rganish va tegishli…

Rezavor bog‘lar tajribasi kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumani Chimyon mahallasida barpo etilayotgan agrosanoat bog‘ini borib ko‘rdi. Bo‘stonliqda suv mo‘l, yeri unumdor. Bunga asoslanib, turizm va agrar soha uyg‘un rivojlantirilmoqda. Jumladan, Chimyon mahallasida 3 ming gektar maydonda malina, qorag‘at, qulupnay, o‘rmon yong‘og‘i kabi mevalar yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 60 million dollardan ortiq. Bu mablag‘ evaziga bog‘lar tashkil…

O‘qituvchilarga ehtirom va yoshlarga imkoniyat mamlakat kelajagini ta’minlaydi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida o‘z hayotini yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek eng ulug‘ ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha muallimlarni tabriklab, ularga chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 11-sentyabrdagi farmoniga muvofiq, ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi faxriy unvon,…