BIOLOGIK FAOL QO‘ShIMChALAR (BAD) REKLAMASIDA QONUNBUZILISh HOLATLARI ANIQLANMOQDA
Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida, Qo‘mita tomonidan ommaviy axborot vositalaridagi reklamalar muntazam ravishda o‘rganilmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali biologik faol qo‘shimchalarning reklamasi amaldagi reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq holda berilishi kuzatilmoqda va ularning kuchli ta’siri va terapevtik samaradorligi haqida asossiz da’volar ilgari surilmoqda. Shuningdek, biologik faol qo‘shimchasi reklamasida, turli og‘ir…