Jeneva shahrida UNCTADning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

2025-yil 7–11-iyul kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha Konferensiyasi (UNCTAD) tashabbusi bilan BMTning cheklovchi biznes amaliyotlarini nazorat qilish bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishilgan teng huquqli tamoyillar va qoidalar to‘plamining barcha jihatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan 9-Yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqaro konferensiyada Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilar manfaati ta’minlanmoqda

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan savdo, transport va elektr energiya sohasida tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda. Xorazm viloyati Urganch shaharda istiqomat qiluvchi fuqaro xonadoniga suv kulerini 1 mln so‘mga xarid qilganligi, ammo mahsulotni xonadoniga olib borganida nosozliklar aniqlanganligidan norozi bo‘lib hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Mazkur murojaat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan o‘rganilib, xarid qilingan…

Toshkent viloyatida alkogol vositalarini reklama qilgan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlarida hamda tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan reklama materiallarining reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan tizimli ravishda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari natijasida, viloyatda faoliyat olib boruvchi “LUTFILLA FAYZ” MChJ tomonidan alkogol vositalari reklamasini qo‘yish holatlari aniqlandi. Bu esa “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga asosan,…