27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi nomidan axborotni tezkor yetkazish, dolzarb masalalarni yoritish va jamiyat fikrini shakllantirish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha OAV vakillari, jurnalist hamda blogerlarni ushbu kasb bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizning izlanishlaringiz, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni jamiyatimiz oldidagi mas’uliyatni his qilgan…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich narxi 567,3 million so‘m bo‘lgan “Ertaklar olamiga sayohat” bayram tadbirini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan. Ushbu holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan dastlabki tahliliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari YOII sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 27-iyun kuni Minsk shahridagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdilar. Ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini ta’minlash, ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlarning samarali…