Hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda

Raqobat qo‘mitasining Samarqand viloyatida keng jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, hududiy boshqarma boshlig‘i B.Toyirov va boshqa tegishli hamkor tashkilotlar, jamoatchilik faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda hududiy boshqarma boshlig‘i B.Toyirov 2024-yil yakunlari va 2025-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Mazkur ochiq muloqot davomida jismoniy…

Iste’mol bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari tahlili

Joriy yilning birinchi choragida Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni aniqlash maqsadida keng ko‘lamli nazorat xaridlari amalga oshirildi. Bu tadbirlar doirasida 205 turdagi mahsulotlar turli savdo nuqtalaridan xarid qilindi hamda ular…

Iste’molchi HGT mobil ilovasi orqali gaz sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotni erkin ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi

So‘nggi vaqtlarda fuqarolar tomonidan gaz iste’molini kuzatish va boshqarish imkonini beruvchi HGT mobil ilovasi orqali kunlik va oylik gaz sarfi haqida ma’lumot olishda to‘siqlar yuzaga kelgan edi. Aniqroq aytganda, ilovadan to‘liq foydalanish uchun bank plastik kartasini majburiy tarzda bog‘lash talab qilingan, bu esa kartasi bog‘lanmagan iste’molchilar uchun ma’lumotlarni kuzatish imkoniyatini cheklagan. Bu holat Raqobatni rivojlantirish…

Faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi

Bugungi kunda, 45 dan ortiq yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni faqat birja savdolari orqali sotish tartibi joriy etilgan bo‘lib, mazkur amaliyot barcha bozor ishtirokchilari uchun teng bo‘lgan qoidalar doirasida raqobat muhiti va bozor tamoyillariga asoslangan holda faoliyat yuritish, mahsulot realizatsiyasini shaffof mexanizm asosida amalga oshirish, korxonalar tomonidan sun’iy narxlarni pasaytirish va xufiyona iqtisodiyotga qarshi…