TAOMNOMALARNING DAVLAT TILIDA BO‘LISHI TA’MINLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoq va boshqa axborot resurslarida respublikamizda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari xizmatlaridan norozilik bildirilgan murojaatlar o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida xo‘randalarga taqdim etilayotgan taomnoma xorijiy tillarda ya’ni rus, ingliz, turk, xitoy va boshqa tillarda ekanligi aniqlandi. Jumladan, Toshkentdagi “Basri Baba” turk taomlari restorani mas’ullarini jalb qilgan holda o‘rganilganda taomnoma faqat turk tilida…