2025-yil 1-dekabr kuni Fransiyaning Parij shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Kotibiyati tomonidan tashkil etilgan Raqobat bo‘yicha Global Forum o‘z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Forum OECDning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, raqobat siyosatini rivojlantirish, milliy raqobat organlari o‘rtasida axborot va tajriba almashuvini kengaytirish hamda ilg‘or xalqaro amaliyotlarni joriy etishga qaratilgan.
Tadbir davomida Qo‘mita delegatsiyasi bir qator xorijiy raqobat organlari va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Malayziya Raqobat komissiyasi, Buyuk Britaniya Raqobat va bozorlar organi (CMA) mutassaddilari hamda Buyuk Britaniyaning Raqobat huquqi markazi direktori, global raqobat huquqi va siyosati bo‘yicha yetakchi ekspert, Professor Uilyam Evan Kovachich bilan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvlar yakunida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolash, Qo‘mita xodimlarini CMAda amaliyot o‘tash uchun yuborish hamda mazkur organ mutaxassislarini Qo‘mita faoliyatiga jalb etish, shuningdek, Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida Qo‘mita xodimlari uchun seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini tashkil etish kabi kelishuvga erishildi








