MDHning Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 57-majlisi muvaffaqiyatli yakunlandi.

MDH davlatlari delegatsiyalari monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishining oldini olish bo‘yicha hisobotni tasdiqladilar, “yumshoq huquq” vositalarini qo‘llash masalalarini muhokama qilib, raqamli bozorlarni tartibga solishning yangi yo‘nalishlarini belgiladilar. Yig‘ilish yakunida MDH davlatlari delegatsiyalari tomonidan Kengashning yangi raisi saylandi. Bu lavozimga Belarus Respublikasi Monopoliyaga qarshi tartibga solish va savdo vaziri Aleksey Bogdanov tasdiqlandi. Shuningdek, navbatdagi, 58-yig‘ilishni Rossiya Federatsiyasida…

Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha Davlatlararo kengashning 57-yig‘ilishi doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Belarus Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va savdo vaziri Aleksey Bogdanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda har ikki tomon mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning uzoq tarixini qayd etib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar. Janob Bogdanov samimiy qabul va umumiy masalalarni muhokama qilishga berilgan imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Belarus Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va savdo vazirligi faoliyatining asosiy jihatlari haqida gapirib, barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun monopoliyaga qarshi huquqning ahamiyatini ta’kidladi.…

Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish xizmati rahbari Jenali Orozboyev bilan ikki tomonlama uchrashuvda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Xalilillo Turaxujayev mehmonni samimiy qabul qildi.

Janob Orozboyev delegatsiya iliq kutib olingani uchun minnatdorlik bildirdi va Qirg‘iziston Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish xizmatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. U o‘zaro tarixiy aloqalar va ikki xalqning ko‘p asrlik urf-odatlariga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Uchrashuvda turkiy birdamlikning ahamiyati, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish uchun asosiy omil ekani qayd etildi. Tomonlar…

MDHga a’zo davlatlarning Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 57-yig‘ilishi doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev taqdimot nutqi bilan chiqish qildi.

O‘z nutqida Karabayev Qo‘mita faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor qaratdi. U O‘zbekistonning chuqur raqamli transformatsiya jarayonidan o‘tayotgani va raqamli platformalarni tartibga soluvchi yangi qoidalar joriy etilganini ta’kidladi. Nutq davomida raqobat qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayoni haqida ma’lumot berildi. Hamda, Qo‘mita…

Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 57-yig‘ilishi doirasida Tojikiston, Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya davlatlarining delegatsiyalari o‘z chiqishlarini taqdim etdilar.

Delegatsiya vakillari raqobat siyosatini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatlarda amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida so‘z yuritishdi va monopoliyaga qarshi boshqaruvdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Nutqlarda MDH davlatlarining raqobatni himoya qilish va adolatli bozor muhitini yaratish yo‘lida birgalikda amalga oshirilayotgan harakatlari mintaqada iqtisodiy barqarorlik va…

Davlatlararo raqobat siyosati bo‘yicha kengashning 57-yig‘ilishi boshlandi.

Kun tartibida avvalgi yig‘ilish qarorlarining bajarilishi, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda raqobat siyosatining asosiy jihatlari, hamda qonun buzilishining oldini olish bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish belgilangan. Yig‘ilishni Kengash raisi Maksim Shaskolskiy hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev ochib berdilar. Rais o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Raqobat siyosati qadimiy…

Bugun 29-noyabr kuni Samarqandda MDHga a’zo davlatlarining Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda MDHga a’zo davlatlari delegatsiyalari raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqamli bozorlarni tartibga solish masalalarini muhokama qilishadi. Kun tartibida yil yakunlari va muhim hujjatlarni tasdiqlash rejalashtirilgan. Ushbu tadbir MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.