RESPUBLIKA TOVAR-XOM ASHYO BIRJASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Joriy yil 6-noyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, Energetika vazirligi hamda O‘zenergoinspeksiya bilan birgalikda suyultirilgan gaz savdolari bo‘yicha birja ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazildi. Unda suyultirilgan gaz mahsulotining birja savdolariga qo‘yilishi hamda realizatsiyasi shuningdek, xaridorlarga yetkazib berish…