Andijon viloyatida tovar homashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv seminari o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-22-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-homashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda Andijon viloyatida “Tovar homashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Mazkur malaka oshirish kursida, tovar homashyo birja ishtirokchilariga (broker, treyder) raqamli iqtisodiyot, birja savdolaridagi yangi…

«BARQAROR INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH» XALQARO KONFERENSIYASI

2024-yil 22-oktyabr kuni Toshkentda «Barqaror investitsiyalar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi farovonligini oshirish» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbirda 15 ta xorijiy kompaniyalar va 80 ga yaqin mahalliy kompaniya vakillari ishtirok etdilar. Konferensiyada Raqobat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Farrux Karabayev mamlakatdagi islohotlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, raqobat siyosatini rivojlantirish va davlat ishtirokini qisqartirishga…

Yevropa xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi bilan uchrashuv

Bugun Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori o‘rinbosari G‘. Xoljigitov va Yevropa xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (ECIPE) direktori Filipp Lamprext o‘rtasida Zoom-uchrashuvi German Sparkassenstiftung for International Cooperation ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini, ekspertlarni xalqaro loyihalarga jalb qilishni, shuningdek memorandum imzolashni muhokama qildilar.

IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “VETTERIA” MChJning “MEGA PREMIX” MChJni qo‘shib olish yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi. “MEGA PREMIX” MChJ — hayvonlar uchun ozuqa ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi korxona hisoblanadi. Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan kompleks tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mazkur bitim qishloq xo‘jalik xomashyosi sotish bozorida raqobatni cheklashga yoki monopoliyani shakllantirishga olib kelmaydi. Shu munosabat bilan, Qo‘mita…

RAQOBAT QO‘MITASI AVIAKOMPANIYALAR FAOLIYATIDA ISTE’MOLCHILARNING BUZILGAN HUQUQLARINI TIKLAMOQDA

Raqobat qo‘mitasiga joriy yilning 9 oyida foydalanilmagan aviachipta pulini qaytarmaslik, yo‘lovchilarga parvozlar kechiktirilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazmayotganligi, shikastlangan bagaj uchun yuk qiymatini to‘liq qoplab berilmasligi va parvozlar vaqtida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining talab darajasida emasligi yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalarga e’tirozlar bildirilgan jami 200 dan ortiq iste’molchilardan murojaatlar kelib tushgan. Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlar…