MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAENS FAOLIYATIGA MAS’UL XODIMLAR UCHUN O‘QUV KURSLARINING NAVBATDAGI DASTURI BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 7-9-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida navbatdagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv kurslari doirasida, monopoliyaga qarshi komplaens va Davlat xaridlari…